Menga ko’rguzib necha qatlakima joningdan,
Yuzda xolu, zulfi, dudoqlaring.
Yoshirib necha mani xasta dil o’rgulaman,
Nadur, ey pari, bu ibolaring?

Mani dardu-xajr ila zor etib,
Yetib o’zgalarga da’volaring.
Qila boshlading manga zulmkim,
Sitam etdi jabru-jafolaring.
Ki vafoga va’dalar aylabon o’rgulaman,
Qani va’dalarga vafolaring?

Agar oy charog’ini har kishi
Desa orazingga misolidin,
Yaqin anglag’ilki yo’q ogohi o’rgulaman,
Necha hubzi eshitma holidin.

Menga yaxshiroq ko’rinur valek voy-voy,
G’aming o’zgalarning visolidan.
Alamim yuzi xati xolidan o’rgulaman,
Qoshi-ko’zi nuqtai dolidin.
Senga ishq tuhmatin aylabon o’rgulaman,
Meni chaqdi yuzi qarolaring.
Oh yor-ey, bo’yingdan, joningdan,
Meni chaqdi yuzi qarolaring.

Necha qilmading sitamingni kam,
Bilibon g’amingni ziyodun-yo,
Mani rashk o’ti ila kuydurib,
Berib o’zgalarning murodini-yo.

Karam etmading ne uchun ko’rib, voy-voy,
Bu buzuq ko’ngulni savodini-yo? (x2)
Bu kim husni mulkining shoxi sen o’rgilaman,
Eshit oshiq ahlining dodini.
Ki firoq siynasin chokidan o’rgilaman,
Senga arz etar fuqarolaring.
Oh, yora bo’yingdan, joningdan,
Senga arz etar fuqarolaring.

Mening matlabim sening maqsading,
Neki bo’lsa ey buti muhtado.
Mening ko’nglim-u sening fikrating, bo’yingdan-o,
Sadafu-gavhar kabi qil gumon.
Mening yodim-u sening xotiring, voy-voy,
Dedi vola ul guli guliston.

Dilijoni fazli notavon,
senga muntazir ko’zi nigoron.
Hammadan ko’ngulda muhabbating, o’rgulaman,
Tunu-kun dilimda duolaring.
Oh yora aylanaman, bo’yingdan-o,
Tunu-kun dilimda duolaring.
Oh, oy, nozanin, yor-yora…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bozurgoniy
Xonanda:
O'lmas Olloberganov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2015