• Har bahor yo’lingda intizor
    Kutaman, ahdiga vafodor.
    Yurakda asragan gapim bor,
    Kutaman, kelmasang
    Dunyodan yolg’iz o’taman.
    Kutaman, kelmasang
    Dunyodan yolg’iz o’taman.

    Rayhonni tebratsa shamollar
    Gullarga beraman savollar,
    Kechiring, ey sohibjamollar,
    Kutaman, kelmasang
    Dunyodan yolg’iz o’taman.
    Kutaman, kelmasang
    Dunyodan yolg’iz o’taman.

    Qirlarga qo’nganda subhidam
    Ko’zlarim yo’lingda dambadam,
    Yozda ham, kuzda ham, qishda ham
    Kutaman, kelmasang
    Dunyodan yolg’iz o’taman.
    Kutaman, kelmasang
    Dunyodan yolg’iz o’taman.

    Kutaman, kutaman, kutaman…