Hay omon-ay omon, omon-ay omon,
Asiram, benavoyam, beqasam, giriftoram,
giriftoram omon.
Umrimda gazmaram guli gulzor sayrina,
Fasli bahor istamaram bulbul o’lmasa,
Gulzor sayrina naylaram al gul o’lmasa.
Hey omon…

Hay, g’aniy dog’lar, ga’niy dog’lar,
Qorli bo’lar, qorsiz bo’lmas.
Yigit boshi eson bo’lsa,
Molli bo’lar, molsiz bo’lmasey, omon-ay, omon.

Qaysi falak burjining mehri puranvorisan,
Qaysi sadaf durjining gavhari, shahvorisan?
Qaysi Xo’tan og’usi, nofai totorisan,
Qaysi chamanzorning lolai gulnorisan?
So’yla manga ey sanam,
Kimning go’zal yorisan?

Olago’z bo’y, bo’y, bo’y,
Qorago’z bo’y, bo’y,
Olago’z gal bari, hay,
Qorago’z gal bari.

Qomatingga bandadur bog’ aro sarvi ravon,
La’li labing rashkidin g’uncha erur bag’ri qon.
Chunki chaman sahnida bo’lsa yuzing gulnishon,
Nolasin aylar fuzun bulbuli bexonumon.
So’yla manga ey sanam,
Kimning go’zal yorisan?

Hay, olago’z bo’y, bo’y, bo’y,
Qorago’z bo’y, bo’y,
Hay, olago’z gal bari, ey,
Qorago’z gal bari.

Yig’latur oshiqlaring la’li labing xandasi,
Tubii shamshod erur sarvi qadding bandasi.
Husni kamol avjining axtari tobandasi,
Ko’rsa mohi orazing bo’lgusi sharmandasi.
So’yla manga ey sanam,
Kimning sevar yorisan?

Olago’z bo’y, bo’y, bo’y,
Qorago’z bo’y, bo’y,
Olago’z gal bari, ey,
Qorago’z gal bari.

Bir kecha aylab manga mehru muhabbat ayon,
Hamrohu yo’ldoshsiz barcha ulusdin nihon.
Kulbai ehsonima bo’lsang agar mehmon,
Komili mahzuningga rostini aylab ayon.
So’yla manga ey sanam,
Kimning sevar yorisan?

Hay, olago’z bo’y, bo’y, bo’y,
Qorago’z bo’y, bo’y,
Olago’z gal bari, ey,
Qorago’z gal bari.

Olago’z gal bari, hay,
Olago’z gal bari,
Olago’z gal bari, hay,
Qorago’z gal bari.

Omon-ay…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lazgi
Xonanda:
O'lmas Olloberganov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 2, 2013