Olmaxon Hayitova - Onam derman

Olmaxon Hayitova

Onam derman

Bu olamda ulug’ zot kim,
Desang doim, onam derman.
Hayotim ustuni, munis,
Madadkorim-ey onam derman.

Bu umrim mash’ali o’chmas,
Hayoti surati ko’chmas.
Dilimga dili payvand,
Chamanzorim-ey onam derman. {x2}

Ona farzandga bol bergay,
Saodat chechagin tergay.
Ham ardoqlab, ham o’rgilgan,
Shifokorim-ey onam derman. {x2}

Uzoq ketsang qolar dog’da,
Kutar bedor sahar chog’da.
Muqaddassan-da tuproqdan,
Gulbahorim-ey onam derman.

Muqaddassan-da tuproqdan,
Gulbahorim-ey onam derman.

Hayo yanglig’ onalik chog’
Kabi madhin qilgil yod.
Ona birlan hayot obod,
Umidvorim-ey onam derman.

Ona birlan hayot obod,
Umidvorim-ey onam derman.
Onam derman…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam derman
Xonanda:
Olmaxon Hayitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2015