O’rtamizga… O’rtamizga… (x2)

O’rtamizga tashlashib
Turli-turli gumonlar,
Bizni ayrib, yayradi
Ichi qora gumonlar.

Ig’vo o’ti kul qildi
Sof muhabbat, tilakni.
Hiyla xanjari tildi
Ishqqa to’lgan yurakni.

O rashk,
Bunchalar shirinsan, shirin.
Sevmoq,
Bunchalar qiyinsan, qiyin. (x2)

Ezilaman, dunyodan
Kuyib o’tib boraman.
Barcha qallob bo’lsa, men
Dilim kimga yoraman?

Ig’vo o’ti kul qildi
Sof muhabbat, tilakni.
Hiyla xanjari tildi
Ishqqa to’lgan yurakni.

O rashk,
Bunchalar shirinsan, shirin.
Sevmoq,
Bunchalar qiyinsan, qiyin. (x2)

(Ko’z, ko’z yoshingga arzimasman,
Balki qadringga yetmasman,
Endi yoningdan, yoningdan ketmasman,
Sen ham ketmagin…

Armonli dunyo shundaydir hamon,
Seni eslab qiynaladi bu kun jon.
Nega seni erta olib ketdilar?
Olib ketib murodiga yetdilar…)

O rashk,
Bunchalar shirinsan, shirin.
Sevmoq,
Bunchalar qiyinsan, qiyin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rashk
Xonanda:
Oqshom guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2015