Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,
Sham’ ravshanroq bo`lur torin parishon aylagach. {x2}

Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading?
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach? {x2}

Tiyg` ila paykonlaring yetti ko`ngul bo`lg`och xarob,
Suv quyub tuxm ekting ul kishvarni vayron aylagach.

Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishqmu tanni shahid aylarda uryon aylagach?

Oshkor aylab yuzin ko`zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko`ngul ko`zumni hayron aylagach. {x2}

Jonda qo`yg`och naqdi ishqin qildi ko`nglumni halok,
O`lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.

Ey Navoiy, ishq agar ko`nglungni majruh etmadi,
Bas, nedurkim qon kelur og`zingdin afg`on aylagach? {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aylagach
Xonanda:
Orif Alimahsumov
Muallif:
Alisher Navoiy
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 22, 2017