Orif Alimahsumov – Ey sarviravon

Orif Alimahsumov

Ey sarviravon

Ey sarviravon, nadur xayoling?
Jon o`rtadi va’dai-visoling.
Ey sarviravon, nadur xayoling?
Jon o`rtadi va’dai-visolingey,
Va’dai-visoling.

Payvasta duoyi xayr etarmen,
Maqsudim erur sening kamoling.
Payvasta duoyi xayr etarmen,
Maqsudim erur sening kamoling-a,
Sening kamoling.

Ushshoqlaring g`amingda o`ldi, {x2}
Yo`qdur saning zarrayi maloling.
Ey xasta ko`ngul, firoq ichinda
Dam urgani qolmadi majoling.

Ey Nodira, lof’i ishq urarsen,
Mashxuri xaloyiq bo`ldi holing.
Ey sarviravon, nadur xayoling?
Jon o`rtadi va’dai-visolingey,
Va’dai-visoling.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey sarviravon
Xonanda:
Orif Alimahsumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2017