Orif Alimahsumov - Ulkun jonon qo'shiq matni, lyrics

Orif Alimahsumov

Ulkun jonon

Ul kun jono, husning tobon aylading,
Abring ichinda oyni pinhon aylading.

Qomatingni sarvi bo`ston aylading,
Qumrilarni zor-u nolon aylading.

Ishqing bilan shirin oh-u fig`onlar,
Hasratingda rangim bo`ldi somonlar.

Jon, Muqimiyga avval dili paymonlar,
Oxir va’dalaring yolg`on aylading.

Nozaninlar ichra sandek nozanin dildor kam,
Mubtalolar ichra mandek mubtaloyi zori kam.

Ancha bordurlar qaro ko`zlar Xo`qandda sen kabi,
Jon, va’dasida turmagan sho`xi-jafokirdor kam.

Nazmimi mag`zig`a vasfing hususida gullar taqib,
Ayladi dilda Muqimiy, dilbaro, ash’or kam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ulkun jonon
Xonanda:
Orif Alimahsumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2017