Ortiq Otajonov - Umr o'tar

Ortiq Otajonov

Umr o’tar

Umr o’tar, vaqt o’tar,
Xonlar o’tar, taxt o’tar, (x2)
Omad o’tar, baxt o’tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring, sening kulishlaring,
Seni kulishlaring. (x2)

Bahorda bog’lar go’zal,
Qor yog’sa tog’lar go’zal, (x2)
Bu yoshlik chog’lar go’zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So’zsiz qarashlaring, holim so’rashlaring,
Holim so’rashlaring (x2)

Oy chiqar goh zaholi,
Do’stlar ko’pdir vafoli, (x2)
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sekin so’zlashlaring, pinhon izlashlaring,
Pinhon izlashlaring. (x2)

Umr – yo’l, qayrilish ko’p,
Uchrashish, ayrilish ko’p, (x2)
Unutish, aytilish ko’p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O’sha kulishlaring, o’sha kelishlaring,
Holim so’rashlaring. (x2)

Seni yurishlaring, seni yurishlaring…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umr o’tar
Xonanda:
Ortiq Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 2, 2013