[Ortiq Otajonov]
Agar do’stlar erur sodiq,
Bir birini qayratib bo’lmas.
Agar qilg’il necha fitna,
Alarni ayratib bo’lmas.
Demishlar: mor-u qushni
Bir qafasda asratib bo’lmas.

Vatandin ayru ko’ngilni
Bilingki, yayratib bo’lmas.
Baayni bandi bulbulni
Chamansiz sayratib bo’lmas. (x2)

[Ali Otajonov]
Vatan deb men bayon etdim,
Ayo do’stlar, bu muxammasdir.
Vatanni kim aziz bildi –
Ulug’ bildim men u kasni.
Vatan deb jo’sh urar ersa,
Ko’targum boshima xasni.

Vatandin ayru ko’ngilni
Bilingki, yayratib bo’lmas.
Baayni bandi bulbulni
Chamansiz sayratib bo’lmas. (x2)

[Ortiq Otajonov]
Nadomat birla boqgayman
Vatansizlarga har doim.
Egib boshini, zor yig’lar
Agarki, davlati qoyim.
Faqir bo’lsamda, bor yurtim,
Toju-taxtim, borar joyim.

Vatandin ayru ko’ngilni
Bilingki, yayratib bo’lmas.
Baayni bandi bulbulni
Chamansiz sayratib bo’lmas. (x2)

[Ulug’bek Otajonov]
Diyorim O’zbekistondir,
Ki, andin iftixorim bor.
Demakki, hur, adolatli
Davlati barqarorim bor.
Onamdek mehribon, munis {x2}
Vatan bor, g’amgisorim bor.

Vatandin ayru ko’ngilni
Bilingki, yayratib bo’lmas.
Baayni bandi bulbulni
Chamansiz sayratib bo’lmas. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan
Xonanda:
Ortiq Otajonov, Ulug'bek Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 7, 2015