Sensan sevarim xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma. (x2)

G`am shomi firoqingda kabob etdi falakni,
Ohi saharim xoh inon, xoh inonma. (x2)

Ohi saharim xoh inon, xoh inonma.

Nogoh sari ko`ying aro bo`ldim sanga moyil,
Ey tojisarim, xoh inon, xoh inonma. (x2)

La’ling g`amidin ko`nglim erur g`unchalari qon,
Gul bargitarim, xoh inon, xoh inonma. (x2)

Gul bargitarim, xoh inon, xoh inonma.

Zahri g`ami hajring mani o`ldurgali yetdi,
Ey lab shakarim, xoh inon, xoh inonma.

Mashrab kabi ko`yingda bo`lib barqi tajalle,
Qolmay asarim, xoh inon, xoh inonma. (x2)

Qolmay asarim, xoh inon, xoh inonma. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xoh inon
Xonanda:
Ortiq Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2016