Osiya - Tinchlik

Osiya

Tinchlik

Osmondagi kabutarlar
Qanotida gul tutarlar,
Yayrab-yayrab kuy bitarlar,
Ko’ngil xotirjam.

Mehr to’la salomimiz,
Fayzli kunduz, oqshomimiz,
Hech kim buzmas oromimiz,
Baxtlimiz har dam.

Osmondagi kabutarlar
Qanotida gul tutarlar,
Yayrab-yayrab kuy bitarlar,
Ko’ngil xotirjam.

Mehr to’la salomimiz,
Fayzli kunduz, oqshomimiz,
Hech kim buzmas oromimiz,
Baxtlimiz har dam.

Osmonimiz nurga to’lsin,
Yurak baxt qadrin bilsin.
Bo’stonimiz gulga to’lsin,
Chechaklar yayrab kulsin.

Qalbda shirin orzu bo’lsin,
Niyatimiz ezgu bo’lsin.
Baxtimiz ham mangu bo’lsin,
Ko’ngil nurga to’lsin.

Osmonimiz nurga to’lsin,
Yurak baxt qadrin bilsin.
Bo’stonimiz gulga to’lsin,
Chechaklar yayrab kulsin.

Qalbda shirin orzu bo’lsin,
Niyatimiz ezgu bo’lsin.
Baxtimiz ham mangu bo’lsin,
Dil nurga to’lsin.

Kelin aytgan allalarning,
Tabassumi bolalarning,
Gulu gulzor, lolalarning
Atri bo’lakcha.

Sevgi, tug’yon tugunlarning,
O’choqdagi tutunlarning,
Dil yayragan bu kunlarning
Qadri bo’lakcha.

Osmonimiz nurga to’lsin,
Yurak baxt qadrin bilsin.
Bo’stonimiz gulga to’lsin,
Chechaklar yayrab kulsin.

Qalbda shirin orzu bo’lsin,
Niyatimiz ezgu bo’lsin.
Baxtimiz ham mangu bo’lsin,
Ko’ngil nurga to’lsin.

Osmonimiz nurga to’lsin,
Yurak baxt qadrin bilsin.
Bo’stonimiz gulga to’lsin,
Chechaklar yayrab kulsin.
Qalbda shirin orzu bo’lsin,
Niyatimiz ezgu bo’lsin.
Baxtimiz ham mangu bo’lsin,
Dil nurga to’lsin. (x2)

Baxtimiz ham mangu bo’lsin,
Dil nurga to’lsin.

Tinchligimiz mangu bo’lsin,
El omon bo’lsin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tinchlik
Xonanda:
Osiya
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 18, 2015