Osiyo guruhi - Yomg'ir qo'shiq matni, lyrics

Osiyo guruhi

Yomg’ir

Yoma-yoma-yom,
Yoma-yoma-yomg`ir,
Yomg`ir, yomg`ir…

Mayli, yog`sa yog`aversin
Yomg`ir chelak-chelaklab.
Changitib, shamol uchirsin
Kuzning barglarini.

Taka-taka-taka-tak,
Tarnovimni taqillatdi kim? (kim, kim, kim?)
Osmon ko`z yoshi emas,
Hodisa bu tabiiy,
Mayda-mayda shunchaki, yomg`ir.

Ezib yog`, ezib yog`,
Yuragimni ezib yog`.
Sezib yog`, sezib yog`,
Sog`inganim sezib yog`.

Yog`aver, yog`aver,
Toma-toma, tomaver.
Suzaver, suzaver,
Tomdan tomga suzaver.

Yog` yomg`ir-yomg`ir,
Yomg`ir-yomg`ir yog`aver.

Osmonimni bulut qoplab,
Oftob yana berkindi.
Balki ular shunday o`ynar,
Yomg`ir o`yinini.

Taka-taka-taka-tak,
Barmog`imda yuragim chizaman. (i love you)
Yuragimning ichida sening isming yozilgan,
Shuning uchun ko`zimda yomg`ir.

Ezib yog`, ezib yog`,
Yuragimni ezib yog`.
Sezib yog`, sezib yog`,
Sog`inganim sezib yog`.

Yog`aver, yog`aver,
Toma-toma, tomaver.
Suzaver, suzaver,
Tomdan tomga suzaver.

Yog` yomg`ir-yomg`ir,
Yomg`ir-yomg`ir yog`aver. (x1+x1)

A-a-a-a, o-o-o-o, yog` yomg`ir-yomg`ir,
Taki-taki-taki-taki, paki-paki-paki-paki,
Yomg`ir-yomg`ir yog`aver.

Yomg`ir-yomg`ir yog`aver…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Osiyo guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 13, 2017