Osiyo guruhi - Yuragimdasan

Osiyo guruhi

Yuragimdasan

Qara, bunchalar go`zal bu kecha osmon,
Yulduzlar nurin yog`du sochar bepoyon.
Begona bo`lsin doim biz uchun armon,
Boshlasin yo`llar faqatgina baxt tomon.

Yuragimdasan, har bir tilagimdasan,
Baxtim uchun sen o`zing keraksan.
Yuragimdasan, har bir o`ylarimdasan,
Baxtim uchun sen o`zing keraksan.

Sensiz har kunim o`tdi asrdek go`yo,
Yonimda bo`lsang, yanada go`zal dunyo.
Bizning sevgimiz taralsin olam aro,
Ne bo`lganda ham aslo bo`lmaylik ayro.

Yuragimdasan, har bir tilagimdasan,
Baxtim uchun sen o`zing keraksan.
Yuragimdasan, har bir o`ylarimdasan,
Baxtim uchun sen o`zing keraksan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuragimdasan
Xonanda:
Osiyo guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2016