Otabek Muhammadzohid - Mayli telba denglar

Otabek Muhammadzohid

Mayli telba denglar

Uzatdilar bahorni yozga,
Ammo bahor sevardi kuzni.
Yosh tanlamas ekan muhabbat,
Kuz ham jondan sevardi qizni.

Bir umrga kuydirib o’tdi,
Gul-bahorni g’amga qo’yib yoz.
U yoqda-chi kuzni tergarlar,
Muhabbatdan ochma deb ovoz.

Essiz, essiz umr,
Essiz umr o’tdi hijronda.
Muhabbatga tekkanmi qarg’ish,
Bahor yig’lar yoz-saratonda,
Kuzni esa quchar sovuq qish.

Bu pishmas savdomi deb yuboraman,
Chorasiz qolganda ishq bozorida.
Umidvor, lek qalbi tilka-poraman,
Bir hikmat bor deya yor ozorida. (x2)

Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning ko’ngli to’lar, kimga qanday kor?

Ichimga to’ldirib hasrat dog’larin,
Jim nurab boryabman dilga bildirmay.
Ko’ksimni kuydirgan hijron chog’larin
Dilimga aytaymi, gulimga aytay?

Yo kutib o’taymi yo kechib ketay,
Aro yo’lda qoldim, bir jonim bilan.
Oldimda ikki yo’l, qay birin tutay,
Yo ortga qaytaymi armonim bilan?

Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning ko’ngli to’lar, kimga qanday kor?

Hoy, men sening qora sochingga emas,
Qorday oq ko’nglingga bog’lanib qoldim.
Netay, netay senla hech xayrlashgim kelmas,
Alvido demoqqa yo’qdir qarorim, yo’q qarorim.

Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning ko’ngli to’lar, kimga qanday kor? (x2)
Mayli telba denglar…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mayli telba denglar
Xonanda:
Otabek Muhammadzohid
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2015