Otaverib tong, otaverib kun
Kechdi o’n sana,
Qo’shiqlarimda go’zal qahramon
O’sha sen yana, o’sha sen yana.

Hamon men hayot nomli kemada
Yolg’iz yo’lovchi,
Faqat sen eding menga munosib,
Mendek o’ylovchi, mendek o’ylovchi.

O’xshamas senga olamdagi
Hech bir go’zal yuzi,
O’xshamas sening oddiy so’zingga
Hech kimning so’zi.

Armonim bo’lib qolding
Sen bir umrga ushalmas,
Orzuim bo’lib olding
Sen bir umrga yetolmas.

Meni, jonginam, bevafolikda
Ayblama zinhor,
Ota amriga bo’ysunmaganni
Olloh etar xor, Olloh etar xor.

Malika bo’lib yetisholmagan
Ishqiga Layli,
Taqdir ekanda, shundayin ekan
Ollohning mayli, Ollohning mayli.

O’xshamas senga olamdagi
Hech bir go’zal yuzi,
O’xshamas sening oddiy so’zingga
Hech kimning so’zi.

Armonim bo’lib qolding
Sen bir umrga ushalmas,
Orzuim bo’lib olding
Sen bir umrga yetolmas.

Hamon men hayot nomli kemada
Yolg’iz yo’lovchi,
Faqat sen eding menga munosib,
Mendek o’ylovchi, mendek o’ylovchi.

Malika bo’lib yetisholmagan
Ishqiga Layli,
Taqdir ekanda, shundayin ekan
Ollohning mayli, Ollohning mayli.

O’xshamas…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’xshamas
Xonanda:
Otabek Muhammadzohid
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 10, 2013