Otabek Muhammadzohid - Shoshilma qizgina

Otabek Muhammadzohid

Shoshilma qizgina

To’lmasdan o’n olti yoshingga,
Qalamlar tortildi qoshingga,
Savdolar orttirma boshingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Noziksan qizg’aldoq-loladan,
So’ragin mehribon onadan,
Farqing yo’q hali yosh boladan,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

(Shoshilma qizgina, shoshilma)

Ishq emas sen bilgan o’yinchoq,
Qo’lingda kelinmas qo’g’irchoq,
Hozircha top boshqa ovunchoq,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

(Shoshilma qizgina, shoshilma)

Bo’yalmish top-toza yuzlaring,
Ranglardan ko’karmish ko’zlaring,
Noz ila bo’yalmish so’zlaring,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Ajinlar tushganda yuzingga,
Dunyo tor kelganda ko’zingga,
Bo’yoqlar toparsan o’zingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Bir kuni bo’ylashib bo’yingga,
Sovchilar keladi uyingga,
Ko’plashib boramiz to’yingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Shoshilma qizgina, shoshilma,
Shoshilma qizgina.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shoshilma qizgina
Xonanda:
Otabek Muhammadzohid
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 2, 2014