Otabek Mutalxo'jayev - Azobida qoldim

Otabek Mutalxo'jaev

Azobida qoldim

Sevib so’zda bolini,
Bo’ylarin iforini,
Bugun ko’ngil zorini
Azobida qoldim-ay. (x2)
Azobida qoldim-a.

Muhabbatim sir tutib,
O’zi sezishin kutib, (x2)
Sevgi og’usin yutib,
Azobida qoldim-ay, {x2}
Azobida qoldim-a.

Ko’raman deb boraman,
Ko’rolmayin tolaman, (x2)
Uzoq kutib qolaman,
Azobida qoldim-ay.

Sevishimni bilmadi,
Bir ko’rinish bermadi,
Lek aytmasam bo’lmadi,
Azobida qoldim-ay,
Azobida qoldim-a.

Sevib so’zda bolini,
Bo’ylarin iforini,
Bugun ko’ngil zorini
Azobida qoldim-ay. (x2)
Azobida qoldim-a.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Azobida qoldim
Xonanda:
Otabek Mutalxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 11, 2015