Otabek Mutalxo'jayev - Biri quyosh biri oydir

Otabek Mutalxo'jaev

Biri quyosh biri oydir

Ne’mat qadri bilinmaydi ketmaguncha,
Rohat qadri yo`qdir balo yetmaguncha.
Tin olishga qo`ymaydi bu bozor dunyo,
Toki ajal barin ado etmaguncha.

Onang bo`lsa, poylarini tavof etgin,
Otang bo`lsa, qilib xizmat, savob etgin.
Xokisor bo`l ikkisining dargohida,
Ne desalar, “labbay” deya javob etgin.

Endi onang yosh bo`lmaydi, qariyverar
Balki butkul sog` bo`lmaydi, og`riyverar.
Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Biri quyosh, biri oydir,
Bilmaganlar holi voydir.
Otasi bor, onasi bor
Juda boydir, juda boydir.

Qiblagohing yonginangda bo`lgani baxt,
Har kun seni duo qilib turgani baxt.
Omadingga quvongaydir sendan ortiq,
Shod kunlaring yonginangda turgani baxt.

Endi onang yosh bo`lmaydi, qariyverar
Balki butkul sog` bo`lmaydi, og`riyverar.
Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Biri quyosh, biri oydir,
Bilmaganlar holi voydir.
Otasi bor, onasi bor
Juda boydir, juda boydir. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Biri quyosh biri oydir
Xonanda:
Otabek Mutalxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2016