Sizga xabar bor, ikki og`iz so`z,
Xatga yozib, kabutardan yuboraman.
Bu nomai izhor, kulmang etib inkor,
E’tiroz etaman, kabutarda sevgi izhor etaman.

Taklifnoma bor, ichida sevgi izhor,
Darhol bu xabarga, jonim, aylang e’tibor.
Bunda sirim oshkor, dardim nomi xumor,
Sizni sog`inaman, kabutarda sevgi izhor etaman.

Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Sizni o`ylab juda ko`p sog`inaman.
Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Kabutarda sevgi izhor etaman.

Ey pari, dildor, sizga sirlarim oshkor,
Sevgim bekitmay, bugun sizga yorilaman.
Shahdim juda hushyor, noz aylamang, ey yor,
Intizor kutaman, kabutarda sevgi izhor etaman.

Taklifnoma bor, ichida sevgi izhor,
Darhol bu xabarga, jonim, aylang e’tibor.
Bunda sirim oshkor, dardim nomi xumor,
Sizni sog`inaman, kabutarda sevgi izhor etaman.

Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Sizni o`ylab juda ko`p sog`inaman.
Salom, asalim Lolam, asalim Lolam,
Kabutarda sevgi izhor etaman. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lolam
Xonanda:
Otabek Mutalxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 9, 2016