Otabek Mutalxo'jayev - Onamni yig'latmanglar

Otabek Mutalxo'jaev

Onamni yig’latmanglar

Bermadi Rab omadim,
Qaysi yo’lda qoqildim?
Egilmoqni istamay,
Chinordek egildim.

Qiynalganimni, ona,
Qayg’urganimni, ona,
Ko’rmang deymanda,
Ko’rmang deymanda.

Boray desam qo’ymadi,
Bu yo’llar qo’ymadi.
Farzand kutib ko’zlarin
Eshikdan uzolmaydi.

Quyosh botib, oy to’lsa,
Siz tomon yo’l olsam.
Qo’lda to’qilgan ro’molni
Qalbingizga o’rasam.

Ona, mening onam,
Onamni yig’latmanglar.
Yuragimda nolam,
Ko’nglini og’ritmanglar.

Shuncha azob berdimku,
O’rniga yig’lay o’zim.
Xasta mening onam,
Onamni yig’latmanglar.

Yana yo’lim darbadar,
Oramizda yillar.
O’rtamizda daryolar,
O’tgani qo’ymaydilar.

Ahvolingiz o’ylasam,
Yoshga to’ladi ko’zim.
Sensiz har bir kun, ona,
Uzoq yillardan uzun.

Borolmayman, ona,
Yurak cho’g’ bo’lib ketdi.
Tushlarimda gullar,
Tikonga singib ketdi.

Qayg’u qo’sha qayg’u,
Azobida chidayman.
Onamni yig’latmang,
Yig’latmang, chidolmayman.

Ona, mening onam,
Onamni yig’latmanglar.
Yuragimda nolam,
Ko’nglini og’ritmanglar.
Shuncha azob berdimku,
O’rniga yig’lay o’zim.
Xasta mening onam,
Onamni yig’latmanglar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onamni yig’latmanglar
Xonanda:
Otabek Mutalxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 22, 2015