• Otabek Mutalxo'jayev - Qizlarni aldama

    Otabek Mutalxo'jaev

    Qizlarni aldama

    Oq varaq qoralab, yozdim bir satr,
    Sevgi kimga shirin, kimlarga taxir.
    Qiz bola aldansa, ne qilsin axir?
    Ey yigit, aldama ko`rsatib qahr.

    Shirin so`zlar qilib, kirib ishonchga,
    Nomusin bulg`ading to`lib quvonchga.
    Shaytonga hay bergin, qolma qul bo`lib,
    Qizingdan qaytmasin dunyo tor bo`lib.

    Yigitmisan ayt, bu ishingdan qayt,
    Qizlarni aldama, nopok yo`ldan qayt.
    Yigitmisan ayt, bu ishingdan qayt,
    Axir qaytar dunyo, qaytmasin bir payt.

    Qizlarni aldama, u sening opang,
    U sening singlingdir, u sening onang.
    U bo`lmasa pokiza ham turmasdi yoqang,
    Qizlar – u kimnidir xasmi bo`ladi.

    O`zidan ortiq ko`rib sevgani baxting,
    Yigitlik so`z berib, buzilsa ahding,
    Ne kerak to`plagan savlat-u taxting?
    Har qiz ham kimgadir ona bo`ladi.

    Yigitmisan ayt, bu ishingdan qayt,
    Qizlarni aldama, nopok yo`ldan qayt.
    Yigitmisan ayt, bu ishingdan qayt,
    Axir qaytar dunyo, qaytmasin bir payt.

    Qizlarni xo`rlab, aslo kulmagin,
    Sevib qolsa gar seni, arzon tuymagin.
    Ko`rishmoqqa oshiqsa, zorlikka yo`ymagin,
    Qizlarda onaning mehri bo`ladi.

    Yigitmisan ayt, bu ishingdan qayt,
    Qizlarni aldama, nopok yo`ldan qayt.
    Yigitmisan ayt, bu ishingdan qayt,
    Axir qaytar dunyo, qaytmasin bir payt. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.