Sevar yorim qaydadir,
Oymomojon, so`ylagin.
Rad etma, yo`q demagin,
Meni ham bir o`ylagin. (x2)

Eslarmikin yorini,
O`ylarmikan kechalar?
O`qib eski maktubim,
O`ksinarmi menchalar? (x2)

Sevar yorim qaydadir,
Oymomojon, so`ylagin.
Rad etma, yo`q demagin,
Meni ham bir o`ylagin.

Qarab qo`ygin oynadan,
Men kabi bedormikan?
Baxtlimikan mensiz ham
Yo sevgiga zormikan? (x2)

Sevar yorim qaydadir,
Oymomojon, so`ylagin.
Rad etma, yo`q demagin,
Meni ham bir o`ylagin.

Go`zalgina to`lib sen,
Yo`qotganin yodga sol,
Buzmay uning tinchligin,
Sekingina xabar ol. (x2)

Titrab ketsa lablari,
Quloq tutgin so`ziga.
Biror achchiq so`z dema,
Yosh kelmasin ko`ziga. (x2)

Sevar yorim qaydadir,
Oymomojon, so`ylagin.
Rad etma, yo`q demagin,
Meni ham bir o`ylagin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevar yorim
Xonanda:
Otabek Mutalxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 14, 2016