• Gul kabi nozik bilakka, sen kabi erka malakka,
    Gul kabi nozik bilakka qo’llari mushtdor kerak,
    Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak.

    Noz ila qilsang karashma, yuzta oshiq oh urar,
    Barchasi kuyingda dardmand, ayt necha bemor kerak? (x2)
    Ko’zlarim bedor yo’lingda, istamas so’zga visol,
    Sen uchun parxez yurakka sen ila iftor kerak. (x2)

    Gul kabi nozik bilakka qo’llari mushtdor kerak,
    Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak. (x2)

    Aytdilar, berma ko’ngilni ko’kdagi yulduzga sen,
    Ne uchun yorug’ boshingga bu ishqu dushvor kerak? (x2)
    So’zlarimga ul inonmas, Otashni etib dilxun,
    Aytdiki, xofizga sevgi takror-u takror kerak.
    So’zlarimga ul inonmas, Dilshodni etib dilxun,
    Aytdiki, shoirga sevgi takror-u takror kerak.

    Gul kabi nozik bilakka qo’llari mushtdor kerak,
    Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak. (x2)

    Gul kabi nozik bilakka, sen kabi erka malakka…

    Gul kabi nozik bilakka qo’llari mushtdor kerak,
    Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak. (x2)