• Otabek Mutalxo'jayev - Sog'lom bola

    Otabek Mutalxo'jaev

    Sog’lom bola

    Tongda tilab pok niyat, qilsa badan tarbiya,
    Undan olsa kuch-quvvat, har kuni bo’lsa odat,
    Ko’cha-ko’yda odobli, qilgan ishi savobli,
    Kattani qilib hurmat, kichikni qilib izzat.

    Demak, u sog’lom bola, bo’lajak polvon bola,
    Hech kimdan kam bo’lmagan, o’zi bek, o’g’lon bola. (x2)

    O’zi kamtar, hokisor, o’qish, mehnatda ilg’or,
    Har yumushda madadkor, hech kimga bermas ozor.
    Sevsa sevimli yurtim, to’tiyo qilib qadrin,
    Ardoqlab obod qilsa, o’zin yurtparvar bilsa.

    Demak, u sog’lom bola, bo’lajak polvon bola,
    Hech kimdan kam bo’lmagan, o’zi bek, o’g’lon bola. (x2)

    Demak, u sog’lom bola, bo’lajak polvon bola,
    Hech kimdan kam bo’lmagan, o’zi bek, o’g’lon bola. (x3)
    Demak, u sog’lom bola.