Otabek Mutalxo'jayev - Toshkentimsan

Otabek Mutalxo'jaev

Toshkentimsan

Kimga non-u kimga osh kentsan,
Shahri azim, mudom yosh kentsan,
Ozod yurtim ichra bosh kentsan,
Shaharlarga sarvar – Toshkentsan. (x2)
Toshkentsan, Toshkentsan…

Taronadir jamoling sehri,
Afsonadir kamoling muhri,
Sayqal berar yaxshilar mehri,
Sharq tojida gavhar – Toshkentsan. (x2)

Baland toming, havozang sening,
Do’stga ochiq darvozang sening,
Dunyo ketgan ovozang sening,
Shoni osmon qadar Toshkentsan. (x2)

Taronadir jamoling sehri,
Afsonadir kamoling muhri,
Sayqal berar yaxshilar mehri,
Sharq tojida gavhar – Toshkentsan. (x2)

KO’rging kelar ko’rganing sayin,
Yurging kelar yurganing sayin,
Baxtingni qur ko’rganingdayin,
Yuraklarda dilbar Toshkentsan.

Taronadir jamoling sehri,
Afsonadir kamoling muhri,
Sayqal berar yaxshilar mehri,
Sharq tojida gavhar – Toshkentsan. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Toshkentimsan
Xonanda:
Otabek Mutalxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2015