Vujudim olov, aylanadi ming bir xayol,
Keragimning dili bunda uradi behol.
O’tadi hech ortga qaytmay,
Yig’lar beun tin ololmay,
Tushlarimda har safar ma’yus kezar.

Erta-kechi ma’lum holatimga,
Davomimi mani bu adog’imga,
Atrofimni o’rab olgan hazin bir xayol.
Boraman deymanu yo’l ko’rinmas,
Yuragimda mani bu isyon chekinmas, heey, heey.

Balki, mana bu g’am nimaligini,
Dard nimaligini sezmas,
Yuragimda tuyg’ularim tug’ilganda kelmas,
Xatolarim mana, malomat sanab ado bo’lmas,
Faryodlarim taqdir qoshida ijro etilmas.

Bilaman, qaytmaydi u, keladiyu ketadi,
Lekin natijasi yo’q, bu ro’yo emas,
Shunchaki xayol.

Erta-kechi ma’lum holatimga…
Balki, mana bu g’am nimaligini,
Dard nimaligini sezmas…

Erta-kechi ma’lum holatimga,
Davomimi mani bu adog’imga…
Boraman deymanu yo’l ko’rinmas,
Yuragimda mani bu isyon chekinmas, heey…

Balki, mana bu g’am nimaligini,
Dard nimaligini sezmas,
Yuragimda tuyg’ularim tug’ilganda kelmas,
Xatolarim mana, malomat sanab ado bo’lmas,
Faryodlarim taqdir qoshida ijro etilmas.

Bilaman, qaytmaydi u, keladiyu ketadi,
Lekin natijasi yo’q, bu ro’yo emas,
Shunchaki xayol.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayol
Xonanda:
Otabek Mutalxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 7, 2015