• Xazon ingrar qadamimda,
    Xiyobonlar yolg’iz kezdim,
    G’am bilmagan bola edim,
    Bugun ko’nglim g’arib sezdim. (x2)

    Qaydan seni uchratdim man,
    Tanimasam bo’lmasmidi?
    Buncha senga bog’landim man,
    Sevgi uchar yelmasmidi?

    Kelib-kelib, kelib-kelib
    Senga tushib ishqim mani,
    Sozim yig’lar zor-intizor,
    Bag’rim ezar rashkim mani. (x2)

    Ko’ngil zori, dil ozori,
    Umidsiz sevgi azobi.
    Hech ketmaydi xayolimdan,
    Mast qildimu ishq sharobi? (x2)

    O’ynar shodon favvoralar,
    Mening holim bilmaydilar,
    Tuyg’ularim ovoralar –
    Xazonlarga o’xshaydilar.

    Kelib-kelib, kelib-kelib
    Senga tushib ishqim mani,
    Sozim yig’lar zor-intizor,
    Bag’rim ezar rashkim mani. (x2+x4)