Bulbulman, ohu zor chekib,
Toza gulzordan ayrildim,
Toza gulzordan ayrildim. (x2)
Ko’zdan qonli yoshim to’kib,
Ul sevar yordan ayrildim,
Ul sevar yordan ayrildim. (x2)

Shirin jonda yo’qdir toqat,
Jabri uning jonga rohat. (x2)
Kiprigi, qoshlari ofat,
Chashmi xunxordan ayrildim,
Chashmi xunxordan ayrildim. (x2)

Ayrildim g’uncha gulimdan,
Ziyo zulfi sumbulimdan. (x2)
Xush ovozli bulbulimdan,
Shiringuftordan ayrildim.

Fig’oniy der: oshiq Maston,
Bog’ladim sha’ningga doston. (x2)
Manzilgohi bog’u bo’ston,
Olmali nordan ayrildim,
Olmali nordan ayrildim. (x2)

Olmai anordan ayrildim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayrildim
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2015