Dardi dilim eding, eding,
Sevgan gulim eding, eding. (x2)
Senikiman mudom, deding,
Mudomlaring yodimda. (x2)

Sen ketding, erkam meni,
Salomlaring yodimda. (x2)
Labing sharoridan bergan
In’omlaring yodimda. (x2)

Xiromlaring yodingdadir,
Tog’larli qor yodingdadir. (x2)
Hofizli tor yodingdadir,
Xiromlaring yodimda. (x2)

Yurishlaring gul mavsumi,
Kulishlaring gul mavsumi, (x2)
Qarashlaring gul mavsumi,
Xiromlaring yodimda. (x2)

Qarashlaring gul mavsumi,
Xiromlaring yodimda. (x2+x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dardi dilim
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 30, 2015