• Otajon Hudoyshukurov - Jayhun shamollari

    Otajon Hudoyshukurov

    Jayhun shamollari

    Qayda yursam, sog’intirar {x2}
    Ona yurtim tomonlari, {x2}
    Xayolimda sahar-sahar
    Esar Jayhun shamollari. (x2)

    Atirgul terib cho’llardan,
    Guli rayhon chamanlardan, (x2)
    Bizning bu go’zal ellardan
    Esar Jayhun shamollari. (x2)

    O’zbekiston shonli diyor,
    Bulbullar ishqingda yonar, (x2)
    Hamma faslingda navbahor,
    Esar Jayhun shamollari. (x2)

    Umr qisqa, manzil uzoq,
    Yillar bizdan ketar yiroq, (x2)
    Mangu qo’shiq kabi guvlab,
    Esar Jayhun shamollari. (x2)

    El mehri so’nmas yuzingdan,
    Ulug’ daryoyi azimdan,
    Qoraqalpoq, Xorazmdan
    Esar Jayhun shamollari. (x2)

    Ibrohim der: el nafasi,
    Jayhunning sirli sharpasi, (x2)
    Umrimning boqiy sabosi,
    Salom, Jayhun shamollari.

    Umrimning boqiy sabosi,
    Salom, Jayhun shamollari. {x4}