Otajon Hudoyshukurov - Kimning sevar yorisan

Otajon Hudoyshukurov

Kimning sevar yorisan

Avval boshda majlisingda ko’rishdim, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}
Bu yerlarda, dilbar, senga tutindim, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Tomosha aylading qarab bo’yimga,
Adab-ikrom bilan kelding yonimga.
Kamardayin zulfing solding bo’ynimga, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Ko’zlaring jalloddir, kipriging nashtar,
Turishing asiriga mehr-la tortar.
Seni deb yashadim kun va kun ora, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Biz ham oshiq bo’ldik shu jallod ko’zga,
Haqiqiy oshiqlar bu jannat uzra.
Najib, sen so’zlasang, rost so’zing so’yla, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Sevar yorisan, o’, sevar yorisan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kimning sevar yorisan
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 25, 2015