Otajon Hudoyshukurov - G'uncha ochilar

Otajon Hudoyshukurov

Ra’no bo’laman deb

G’uncha ochilar men gulira’no bo’layin deb, {x2}
So’z tilga kirar she’riga ma’no bo’layin deb. {x2}

Irmoqlar oqar tog’lar arosida hamisha, {x2}
Oxirda borib bir kuni daryo bo’layin deb. {x2}

Har kimsa biling, jonin ochar niyatda, {x2}
Bu orzu qilar olimu dono bo’layin deb. {x2}

Qiz ko’ngli to’lar sevganidan mehru vafoga, {x2}
So’z bersa yigit, sevgida a’lo bo’layin deb. {x2}

Yoringga, Mo’min, hurmat ila saqla sadoqat, {x2}
Ber unga guling, bir umr oshno bo’layin deb. {x2}

Ber unga guling, bir umr oshno bo’layin deb…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ra’no bo’laman deb
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 19, 2015