• Dilda borim, ham quyoshsan, ham oysan, {x2}
    Lolarang chamanda chiroyga boysan. {x2}
    Necha yil deganda boshimga qo’ngan
    Mening iqbol qushim, misli xumosan. (x2)

    Bu dunyoda sening kabi qaymoq yo’q,
    Qancha boqmay, diydoringga to’ymoq yo’q. (x2)

    Ko’zlari tushsa gar husningga hurlar,
    Izlaringdan qarab, hayron qolurlar. (x2)
    Yayrab yurishlaring misli tovusdek,
    Go’zallik bog’iga g’avg’o solurlar. (x2)

    Bu dunyoda sening kabi qaymoq yo’q,
    Qancha boqmay, diydoringga to’ymoq yo’q. (x2)

    Aylaki, go’zal yor madhi ushalsin,
    Kel, bahorim, yo’lingga gul to’shalsin. (x2)
    Armonlarga to’la oshiq Erkinning
    Yurakdagi orzulari ushalsin. (x2)

    Bu dunyoda sening kabi qaymoq yo’q,
    Qancha boqmay, diydoringga to’ymoq yo’q. (x2)

    Qancha boqmay, diydoringga to’ymoq yo’q…