Otajon Hudoyshukurov - Shaydo denglar

Otajon Hudoyshukurov

Shaydo denglar

Iltimosim, gavharimga erur mani shaydo denglar,
O’rtanurman firoqida, ko’z yoshimni daryo denglar.

Lola yuzli go’zal nigor asir etdi aqlu hushim, yoringman,
Gar yetmasam visoliga, aqlu hushdan-ey judo, denglar.

Gar yetmasam visoliga, aqlu hushdan-ey judo, denglar.

Yetkazibdi nigorimga g’anim mani bevafo deb, yoringman,
Borib, do’stlar, nigorimga g’anim so’zin xato, denglar.

Borib, do’stlar, nigorimga g’anim so’zin xato, denglar.

Yor iziga boshim qo’ysam, nom qo’ydilar Majnun deya,
Ishq bog’iga kelib Majnun, qildi ta’zim ango, denglar.

Men ham yetib sevganimga, gullagay ko’nglim bahori, yoringman,
Hijronida bemorlikdan-ey, mangu Ochil Safo, denglar.

Hijronida bemorlikdan-ey, mangu Ochil Safo, denglar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shaydo denglar
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 7, 2015