Otajon Hudoyshukurov - Xabar yubordim

Otajon Hudoyshukurov

Xabar yubordim

Turnalarga aytib ko’ngil rozimni,
Falaklardan sizga xabar yubordim.
Goh kuldirib, goh yig’latib sozimni,
Yuraklardan sizga xabar yubordim.

Goh kuldirib, goh yig’latib sozimni,
Yuraklardan sizga xabar yubordim.

Ismin aytib kuylar barcha buloqlar,
Xushxabarga to’lar yaqin yiroqlar.
Gullolalar bir kun meni so’roqlar,
Chechaklardan sizga xabar yubordim.

Gullolalar bir kun meni so’roqlar,
Chechaklardan sizga xabar yubordim.

Ishq ahlining buyuk ekan kamoli,
Tillarimda Layli, Shirin kalomi.
Yillar aro yetar sog’inch salomi,
Ertaklardan sizga xabar yubordim.

Yillar aro yetar sog’inch salomi,
Ertaklardan sizga xabar yubordim.

Yuraklardan sizga xabar yubordim. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xabar yubordim
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 23, 2015