Otajon Hudoyshukurov - Xayollarim oldi

Otajon Hudoyshukurov

Xayollarim oldi

Xayollarim olding mani,
Na ko’ylarga solding mani? (x2)
Barbod etib halovatim,
Yurak torim chalding mani.

O’tiraman, o’ylanaman,
To’lg’onaman ham yonaman.
Saning moviy ko’zlaringni
Xumor-xumor sog’inaman. {x2}

Osmonimda xumo eding,
Malohatlarga boy eding. (x2)
Huru malaklar ichinda
Maning uchun bir oy eding.

O’tiraman, o’ylanaman,
To’lg’onaman ham yonaman.
Saning moviy ko’zlaringni
Xumor-xumor sog’inaman. {x2}

Olis bir yulduzsan bugun,
Topilmas kunduzsan bugun. (x2)
Inon, bu toshga aylandi
San bunda qoldirgan tugun.

O’tiraman, o’ylanaman,
To’lg’onaman ham yonaman.
Saning moviy ko’zlaringni
Xumor-xumor sog’inaman. {x2}

Tugab ko’zimda yoshlarim,
Bitib borar bardoshlarim. (x2)
To’planib oshiq Erkinga
Ko’ngil bering darddoshlarim.

O’tiraman, o’ylanaman,
To’lg’onaman ham yonaman.
Saning moviy ko’zlaringni
Xumor-xumor sog’inaman. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayollarim oldi
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 16, 2015