• Otash Hijron - Ishongandim qo'shiq matni, lyrics

    Otash Hijron

    Ishongandim

    Meni sevgan lablaring o`zgani erkalabdi,
    Oppoqqina yuzlaring yolg`onga yetaklabdi.
    Ko`ngling boshqada bo`lsa, ne sabab aytmagansan?
    Qora ko`zlaring bilan ne uchun aldagansan?

    Aybim sevganim bo`ldi, aldamingga ishonib,
    Esiz shuncha vaqt bekor ketgan ekan quvonib.
    Bugun hammasi oshkor, sevgingdan ketding tonib,
    Aybim sevganim bo`ldi, aldamingga ishonib.

    Ishongandim menikisan deb,
    Umrimga yo`ldosh bo`lasan deb,
    So`zlaringda sodiq qolasan deb,
    Afsus, va’dalaring yolg`on ekan.

    Sani yuzingga, nozingga, ko`zingga
    Aldamlar bekingan ekan.
    Man bilmabman, man ko`rmabman, uo-oo-oo, ho-o.

    Oramizda to`siq, to`siq, to`siq, katta to`siq,
    G`ururimga mahbusman, uni buzolmayman.
    Yaxshisi kel, chekinamiz, armonga bekinamiz,
    Alvido, alvido.

    Ishongandim menikisan deb,
    Umrimga yo`ldosh bo`lasan deb,
    So`zlaringda sodiq qolasan deb,
    Afsus, va’dalaring yolg`on ekan.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Maftuna Akramovaga minnatdorchilik bildiramiz.