Bir kecha, yana mingta kecha
O`yladim aybing sabablarini.
Yolg`iz qoldi endi biz yurgan ko`cha,
Bir kecha, yana mingta kecha.

Ko`zlarimga qarab, rostin javob ber,
Qaysi aybim uchun qilding mani yer?
Yetmadi nimalar, yetmadi nimalar?
Ko`zlarimga qarab, rostin javob ber.

Halovatim yo`q, huzurim darbadar,
Yetkazmadi yo`llarim senga qadar.
Ketsa ketar, bo`ldi, bo`ldi yetar,
Afsuslanma, afsuslanma yuragim. (x2)

Indamayman, mayli ket,
Indamayman, mayli kech,
Sog`inmayman endi hech, endi hech.
Ortga qadam tashlayman,
Visolingsiz yashayman
Bema’no hayotimda, bema’no hayotimda.

Bir kecha, yana mingta kecha
O`yladim aybing sabablarini.
Yolg`iz qoldi endi biz yurgan ko`cha,
Bir kecha, yana mingta kecha.

Halovatim yo`q, huzurim darbadar,
Yetkazmadi yo`llarim senga qadar.
Ketsa ketar, bo`ldi, bo`ldi yetar,
Afsuslanma, afsuslanma yuragim. (x2+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kecha
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 13, 2018