• Otash Hijron - Musofir qo'shiq matni, lyrics

    Otash Hijron

    Musofir

    Sovuq yerlar bag`rida musofir bo`ldim mana,
    Sochlarimga oq tushgan, ahvolimga bir qara.
    Ko`zlaringni sog`inib, kuylayabman man yana,
    Sovuq yerlar bag`rida musofir bo`ldim yana.

    Ba’zilar tuxmat qildi o`zligimni ko`rolmay,
    Endi devorga dardimni aytyapman kulolmay.
    Qo`lingda jon bersam, armonlarim qolmasdi,
    Armonlarim qolmasdi, qo`lingda jon bersam.

    Nega xabar yo`q sandan,
    Voz kechvordingmi mandan?
    Xabar olgin bir bora,
    Ezildimku tobora. (x2)

    Taqdirim o`yin qildi, sevgim ustidan kulib,
    Sen esa bir marta ham eslab qo`ymading kelib.
    Kunlarimni sanayman devorga chizib, o`yib,
    Rostin aytsam, bu yerlardan ketdim yomon ham to`yib.

    Ko`zlarim xira qildi panjarali haroba,
    Alam chekishdan boshqa ilojim yo`q, nachora?
    Yillarni o`tkazishga yetmayabdi iroda,
    Visolingsiz qiynaldi bitta yurak bechora.

    Necha yillar bo`ldi seni ko`rmaganimga,
    Ko`rganlarim sovuq devorlar bo`ldi.
    Atrofimda hech kim yo`q, yolg`izlik yomon,
    Yuragimning ichida o`chib ketmading hamon.

    Qo`lingning kaftini sog`inib ketdim,
    Yuzingning taftini sog`inib ketdim.
    Yillarni o`tkazishga yetmayabdi iroda,
    Visolingsiz qiynaldi bitta yurak bechora.

    Nega xabar yo`q sandan,
    Voz kechvordingmi mandan?
    Xabar olgin bir bora,
    Ezildimku tobora. (x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.