• O`n beshinchi noyabr, kech soat yetti,
    Ishxonamdan chiqdim, ko`chada yomg`ir.
    Panaga bekindim qo`ng`iroq qilish uchun,
    Lekin javob bermasdi tergan raqamim.

    Unday odating yo`q edi, hayron qoldim,
    Asta uying tomon sekin yo`l oldim.
    Chiroqlar o`chiq, derazang yopiq,
    Juda ham qattiq havotirlandim.

    Kutdim tonggacha, uying qulflangan,
    Sendan xabar yo`q, ko`ngil biroz g`ash.
    Tashvishlanardim u qayerlarda ekan deb,
    Yurakda og`riq, o`z-o`zimni yeb.

    Keyinchalik bilsam, aynan shu kuni
    Seni kimdir Captivada olib ketibdi.
    Chiroqlar o`chiq, derazang yopiq,
    Juda ham qattiq havotirlandim.

    Kimlarga sotilding,
    Kimning bag`riga otilding?
    G`ururimni yer qilib,
    Qalbimni tilib-tilib.
    Ko`zlaring maftunkor,
    Sotqinkor, xiyonatkor.
    Qilmishlaring yuragimni
    Yomon ezdiku zor-zor. (x2)

    Aytishlariga qaraganda, u yigit bilan
    Bir necha oydan beri gaplasharkansan.
    Hamma bilgan narsani men bilmabmanda,
    Balki bu hazildir yoki haqiqat.

    Rosti gap, so`zlarga ishonavermadim,
    U narsani o`zingdan eshitishni xohladim.
    Ertasiga kelding ahvoling tarang,
    Gapirardim – eshitmasding, qararding arang.

    Qon aralash usti-boshing, zo`rg`a yurarding,
    Nomusing yer bo`lgandi, buzilganding bilardim.
    Ayt, qaysi vijdon bilan man bilan yurding?
    Sevgimizni sotib, unga tupirding.

    Nahotki shunchalik oson bo`ldi kechvorish,
    Boylikni ustun bilib, o`zgalarga ketvorish?
    Sen bilan birga o`tgan vaqtimga achinaman,
    Qo`limdan kelarmikin endi unutvorish?

    Kimlarga sotilding,
    Kimning bag`riga otilding?
    G`ururimni yer qilib,
    Qalbimni tilib-tilib.
    Ko`zlaring maftunkor,
    Sotqinkor, xiyonatkor.
    Qilmishlaring yuragimni
    Yomon ezdiku zor-zor. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari