• Ohunjon Madaliyev - Aldab qo'ygin

    Oxunjon Madaliyev

    Aldab qo`ygin

    Garchi meni sevolmasang,
    Sevgimga hech ko`nolmasang, (x2)
    Birga-birga yurolmasang,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin. {x2}

    Ko`cha-ko`yda ko`rganimda,
    Majnunsifat yurganimda, (x2)
    Tushlaringga kirganimda,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin. {x2}

    Tushlaringga kirganimda,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin. {x2}

    Aytolmasang so`zing bilan,
    Aytib qo`ygin ko`zing bilan,
    Dardimni ol o`zing bilan,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin.

    Dardim aytsam bezib-bezib,
    Ko`nglim yig`lar sezib-sezib, (x2)
    Yuragimni ezib-ezib,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin. {x2}

    Yuragimni ezib-ezib,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin. {x2}

    Yolg`iz senga ishqim tushdi,
    Yozim kelmay qishim tushdi, (x2)
    Yolg`oningga ishim tushdi,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin. {x2}

    Yolg`oningga ishim tushdi,
    Sevaman, deb aldab qo`ygin. {x2}