Oxunjon Madaliyev - Biz tomonga bir-bir qarab qo'y qo'shiq matni, lyrics

Oxunjon Madaliyev

Biz tomonga bir-bir

Seni yayratar diyorimo,
Sadag`ang bo`lay nigorim. (x2)
Qarashing mening madorimo,
Biz tomonga bir-bir qarab qo`y. (x2)

Menga yo`q gunohni ilma,
Beri kel, uzoqqa jilma. (x2)
Go`zalim, bahona qilma,
Biz tomonga bir-bir qarab qo`y. (x2)

Seni yayratar diyorimo,
Sadag`ang bo`lay nigorim. (x2)
Qarashing mening madorimo,
Biz tomonga bir-bir qarab qo`y. (x2)

O`zing ayt: qayon ketay men?
Tilaging nedur, netay men? (x2)
Yana qancha sabr etay men?
Biz tomonga bir-bir qarab qo`y. (x2)

Seni yayratar diyorimo,
Sadag`ang bo`lay nigorim. (x2)
Qarashing mening madorimo,
Biz tomonga bir-bir qarab qo`y. (x2)

Sening oyu kun gadoying,
Yana ortadur chiroying,
Chustiy ham sening fidoying,
Bu tomonga bir-bir qarab qo`y.

Biz tomonga bir-bir qarab qo`y… {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shermuhammadga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Biz tomonga bir-bir
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2016