• Ohunjon Madaliyev - Bolalik chog'imda

    Oxunjon Madaliyev

    Bolalik chog’imda

    Bolalik chog’imda baxtiyor bo’lmog’im
    Mumkin edi, aqlim yetmadi.
    Vujudim ko’z edi, ko’rganim olgani
    Nasiya-naqdim yetmadi.

    O’gitlar yolvorib, yonib-yukindi,
    Beqaror ahdim yetmadi.
    Yulduzni ko’zladim gijingtoy bo’lib,
    Shiddatu-shahdim yetmadi.

    Yulduzni ko’zladim gijingtoy bo’lib,
    Shiddatu-shahdim yetmadi.

    Yigitlik chog’imda baxtiyor bo’lmog’im
    Mumkin edi, vaqtim yetmadi.
    G’animat-g’animat har onim bilmadim,
    O’zni tiymadim, sabrim yetmadi.

    Ilmu hunar topdim va yana dildor,
    Orzu og’ushida bir muddat.
    Vaqt tulporidan tushmayin chopdim,
    Hamroh bo’ldi, hamdard yetmadi.

    Vaqt tulporidan tushmayin chopdim,
    Hamroh bo’ldi, hamdard yetmadi.

    Qarilik chog’imda baxtiyor bo’lmog’im
    Mumkin edi, o’lim kutmadi.
    Shodmonlik vodiysida ko’p tuman
    Yo sarob, yo’lim yetmadi.

    Falakka uzandim, uzandim zor-zor,
    Bir umr qo’lim yetmadi.
    Haq do’st, deya tiladim vaslingni, Olloh,
    Qo’llamasang holim yetmadi.

    Haq do’st, deya tiladim vaslingni, Olloh,
    Qo’llamasang holim yetmadi.