Do`stlari kelsa-yu, kelmasa bolam,
Do`stlari kulsa-yu, kulmasa bolam, (x2)
Bir paytlari sochlarin to`zg`itgan shamol,
Hovlida yursa-yu, yurmasa bolam. (x2)

Yaxshi ko`rgan qizi kelib yig`lasa,
So`ngra to`y bo`lsa-yu, bilmasa bolam, (x2)
Suratdan chiqolmay, mo`ltirab zor-zor,
To`ylar muborakni tinglasa bolam. (x2)

Kuygan kechalarda uyqum kelmayin,
Milt-milt yulduz bo`lib imlasa bolam,
Qiynalgan kechalar uyqum kelmayin,
Milt-milt yulduz bo`lib imlasa bolam,
G`ira-shiralikdan daraxt, eshikdan
Bolamdek tursa-yu, kirmasa bolam.

G`ira-shiralikdan daraxt, eshikdan
Bolamdek tursa-yu, kirmasa bolam.

Sahar kosalarga qaymoq to`lsa-yu,
Keksaygan bu ko`nglim to`lmasa, bolam, (x2)
Mana qo`limdadir afg`on yulduzing,
Ordenni bolam deb bo`lmasa, bolam. (x2)

Do`stlari kelsa-yu, kelmasa bolam,
Do`stlari kulsa-yu, kulmasa bolam,
Bir paytlari sochlarin to`zg`itgan shamol,
Hovlida yursa-yu, yurmasa bolam.

Yurmasa bolam, kelmasa bolam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bolam
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 24, 2016