Oxunjon Madaliyev - Bu dunyoda men bo'lmasam ham

Oxunjon Madaliyev

Bu dunyoda men bo’lmasam ham

Oqar suvlar oqaveradi,
Bahor gullar taqaveradi, (x2)
Kimdir sizga yoqaveradi,
Bu dunyoda men bo`lmasam ham. (x2)

Uchib ketgan turnalar qaytar,
Qaldirg`ochlar qo`shig`in aytar, (x2)
Kimdir sizga dardini aytar,
Bu dunyoda men bo`lmasam ham. (x2)

Sizar daryo samosida oy,
Sochaverar yulduzlar chiroy,
Bo`lardingiz yotga erkatoy,
Bu dunyoda men bo`lmasam ham.

Qolaverar muhabbat mangu,
Yo`qolmaydi shodligu qayg`u,
Boshqa qo`lda yig`laydi cholg`u,
Bu dunyoda men bo`lmasam ham. (x2)
Bu dunyoda men bo`lmasam ham.

Demang jonim “bu yomon niyat”,
Garchi hayot o`zi haqiqat. (x2)
Menku sizni izlardim faqat,
Bu dunyoda bo`lmasangiz ham. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu dunyoda men bo’lmasam ham
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 8, 2016