Oxunjon Madaliyev - Ehtiyot bo'l ukajon

Oxunjon Madaliyev

Ehtiyot bo’l ukajon

Bo`yimga yetib qolibsan,
Qizlarga javdirab qolibsan, (x2)
Kimnidir topib olibsan,
Sevishga ehtiyot bo`l, ukajon. (x2)

Baribir gapimga kirmaysan,
Kechalar uyingga kelmaysan, (x2)
Yig`latib ketadi bilmaysan,
Sevishga ehtiyot bo`l, ukajon. (x2)

Sevmagin demayman, yo`q-yo`q,
Sevmasang, senday ukam yo`q, (x2)
Bu zamonda Zuhrolar yo`q,
Sevishga ehtiyot bo`l, ukajon.

Haddidan oshib kuylarim,
Bir hazil qo`shiq kuyladim, (x2)
Dardimni qo`shib kuyladim,
Sevishga ehtiyot bo`l, ukajon. (x2)

Sevishga ehtiyot bo`l, ukajon… {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ehtiyot bo’l ukajon
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2016

O'xshash qo'shiqlar matnlari