• Oxunjon Madaliyev - Hayot emas u

    Oxunjon Madaliyev

    Hayot emas u

    Dunyo tashvishlarini yelkangdan olmasa gar,
    Yo`llaring davomida yangi yo`l solmasa gar, (x2)
    Eng so`nggi dam ortingdan zor yig`lab qolmasa gar,
    Farzandim bor demagil, farzand emas u. (x2)

    Chaqinlar chaqnamasa bosgan qadamlaridan,
    O`zin o`tga urmasa sevgi olamlaridan,
    Otash bo`lib qaytmasa sha’n visol damlaridan,
    Oshig`im bor demagil, oshiq emas u.

    Otash bo`lib qaytmasa sha’n visol damlaridan,
    Oshig`im bor demagil, oshiq emas u.

    Simobday qalqimasa bag`ritosh suluvlar ham,
    Yurakdan balqimasa eng buyuk orzular ham,
    Sarhush bo`lib yurmasa tinglagan ohular ham,
    Qo`shig`im bor demagil, qo`shiq emas u.

    Sarhush bo`lib yurmasa tinglagan ohular ham,
    Qo`shig`im bor demagil, qo`shiq emas u.

    Tengdoshlar qatoridan o`rin olib ketmasang,
    Bu kurash maydonidan mag`rur g`olib ketmasang,
    Ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketmasang,
    Hayotim bor demagil, hayot emas u.

    Ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketmasang,
    Hayotim bor demagil, hayot emas u.

    Hayot emas u, hayot emas u…