Javohirim, jon tomirim,
Yuzlaringni sog’indim men. (x2)
Bir juftgina ko’zmunchoqdek
Ko’zlaringni sog’indim men. (x2)

Yarmin aytib-aytolmagan
So’zlaringni sog’indim men. (x2)
Loy ko’chada qolib ketgan
Izlaringni sog’indim men. (x2)

Qabristonning bir chetida
Dilimga dard o`rmaladi. (x2)
Sovqotmagin, chuchmomalar
Bo’lsin sening ko’rpalaring. (x2)

Quyosh har tong isitsin-ey
Jajjigina yuragingni.
Farishtalar silasinlar
Ko’zmunchoqli bilagingni.

Javohirim, jon tomirim,
Yuzlaringni sog’indim men. (x2)
Bir juftgina ko’zmunchoqdek
Ko’zlaringni sog’indim men. (x2)

Essiz mening gulrayhonim,
Essiz ketgan bolam mening.
Qabring uzra ko’karmoqda
Ekib ketgan lolam mening.

Bir oh demay ikki kunda
Og’riqlarni yutgan bolam.
Bu dunyoga kecha kelib,
Bugun erta ketgan bolam.

Qabristonning yo’llariga
Yuragimni ekib ketdim,
Onang bilan uyinggacha
Shu qo’shiqni bitib ketdim.

Tiriklarga buyurgani
Iymon bilan sabot, bolam.
Men onangga bardosh tilay,
Sen joyingda tinch yot, bolam.

Men onangga bardosh tilay,
Sen joyingda tinch yot, bolam. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Javohirim
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 12, 2015