• Ketaman bu yerdan bosh olib,
    Majnunni siylagan sahroga. (x2)
    Ketaman ko’zimga yosh olib,
    Yulduzlar vatani – samoga. (x2)

    Bo’lmasa, harsangga bog’lanib,
    Cho’kaman tubi yo’q ummonga.
    Yoki ko’k kaptarga aylanib,
    Uchaman Ko’hi Qof tomonga.

    Yoki ko’k kaptarga aylanib,
    Uchaman Ko’hi Qof tomonga.

    Do’st tutib tongdagi shabnamni,
    So’ng singib ketaman tuproqqa.
    Ketaman yig’latib onamni,
    “Borsa kelmas”dan ham yiroqqa.

    Ketaman yig’latib onamni,
    “Borsa kelmas”dan ham yiroqqa.

    Ketaman, baribir ketaman,
    Suymasang suykalib netaman?!
    Ketaman, baribir ketaman,
    Shu mening eng so’nggi qarorim.

    Suymasang suykalib netaman,
    Alvido, suyukli dildorim! (x2)

    Ketaman… ketaman, baribir ketaman,
    Suymasang suykalib netaman?!
    Ketaman, baribir ketaman,
    Shu mening eng so’nggi qarorim.

    Ketaman… ketaman… ketaman…